價格:免費
更新日期:2018-05-03
檔案大小:14M
目前版本:2.2.3
版本需求:Android 4.1 以上版本
官方網站:mailto:ramatov.inomjon@mail.ru
Bu dasturda quronda kelgan va hadislarda ulug'langan suralar jamlandi. Bu suralarni yod bilish har bir musulmon kishi uchun foydali hisoblanadi. Ularni tinglash kishiga hotirjamlik olib keladi.
Suralar qiroatini Shayx Mishary Rashid Al-Afasy ijro etgan.
Dasturda Fotha, Yasin, Kavsar, Ixlos, Falaq, Nos suralari tarjimasi va qiroati o'zbek tilida, arab tilida va lotin yozuvuda keltirilgan.
Qu’ron kо’ngillarni obod qiluvchi, qalbni nurga tо’ldiruvchi Kalomdir. Qur’on yodlagan inson qalbi charog’on bо’ladi. Bironta ham oyat yodlamagan odamning dili esa devorlari nurab yotgan vayrona uyga о’xshaydi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: ''Ichida Qur’ondan biron narsa bо’lmagan kishi(ning qalbi) xaroba uy kabidir''.
Qalb imon-e’tiqod, Qur’on tilovati, zikr-tasbehlar bilan oboddir. Ibodatdan, zikrdan xoli qalb kulbai vayronadan farq qilmaydi.
Ma’lumki, xaroba imoratning biron joyiga qaralmagan, hamma yog’ini is bosgan, chang-tо’zon qoplagan, shiftlari kо’chib, devorlari nurab yotgan bо’ladi. Qur’ondan xoli qalb turli illatlar bilan tо’lib-toshgan bо’ladi. Qalbni obod etishning yagona chorasi - Qur’on о’qish, Qur’on yodlash. Kishi Qur’ondan qancha kо’p yodlasa, qalbi shuncha ochilib-gо’zallashib boraveradi. Garchi egniga chiroyli liboslar kiyib olgan bо’lsa-da, Qur’ondan ayro inson qalbi xarobaligicha qoladi. Yaltir-yultir libos kiygan bilan dil ravshan bо’lib qolmaydi. Qur’on yodlansa, Kalomullohni dilga joylansa, ana shunda kо’ngil obod bо’ladi.
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: ''Qur’on Allohning dasturxonidir. Undan imkon qadar (kо’proq) olinglar. Zero, men Allohning Kitobi bо’lmagan uydan kо’ra yaxshilikdan xoli joy borligini bilmayman. Allohning Kitobidan xoli qalb xaroba uy kabidir (Qur’ondan boshqa) hech narsa uni tiklay olmaydi''.
Odamlar yashaydigan uylarni, salohiyat kо’zgusi qalbni Qur’ondan bо’lak narsa bilan obod etish imkoni yо’q. Vayrona qalblar, shikasta dillar, xaroba kulbalar faqat Allohning Kalomi ila munavvar bо’ladi.
''Qur’on - qalblar shifosi'' kitobidan.
Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir.
Qurʼon (Quran in Uzbek) (Коран на узбекском)
Qurʼon (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 y.lar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon. "Kitob" (yozuv), "Furqon" (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), "Zikr" (eslatma), "Tanzil" (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, "Nur" (yorugʻlik), "Hudo" (hidoyat), "Muborak" (barakotli), "Mubin" (ochiq-ravshan), "Bushro" (xushxabar), "Aziz" (eʼzozlanuvchi), "Majid" (ulugʻ), "Bashir" (bashorat beruvchi), "Nazir" (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon mushaf nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi mil. 610 y. boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta "Iqraʼ" ("Oʻqi") deb boshlanuvchi "Alaq" surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan.